02 iyu 13:29
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev WBA'ning yangilangan reytingida 1-o'ringa chiqib oldi
Bir necha kun oldin davogarlik jangida g'alabaga erishgan Bektemir Meliqo'ziev reytingda 1-o'rinda qayd etildi.
Reytingdagi bokschilarimiz ro'yxati quyidagicha:
Hasanboy Do'smatov - (minimal vazn) 8-o'rinda qoldi;
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - vaqtinchalik chempion;
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 9-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 13-o'rin edi);
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 3-o'rinda qoldi;
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 13-o'ringa tushdi (o'tgan oy 11-o'rinda edi);
SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi;
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 5-o'rinda qoldi;
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 3-o'rin edi).
Fikrlar