02 jan 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'zievning chempionlik jangi bo'yicha muzokara olib borilmoqda
Avvalroq, prof boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi WBA yo'nalishida chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylangani haqida xabar bergandik.
Ushbu divizionda WBA kamari meksikalik 26 yoshli Xose Armando Resendisga tegishli bo'lib turibdi. Terens Krouford faoliyatini yakunlagach, aynan Resendis WBA chempionlik kamarining to'laqonli egasiga aylandi.
Insayder Jalol Ahmedovning malum qilishicha, hozirda ikki jamoa o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, WBA chempionlik jangi uchun kimoshdi savdosini tashkil etadi.
Ayni paytda Meliqo'ziev Kaliforniya shtatining Indio shahrida meksikalik Joel Dias qo'l ostida mashg'ulotlarini davom ettirmoqda. 29 yoshli Bektemir so'nggi jangini 2025 yilning may oyida Darius Fulgxemga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.

Havola :
Manba : x.com/JalolAkhmedov
Fikrlar