29 apr 21:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Osiyo chempionatini eronlik raqibga qarshi boshlaydi
Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Bektemir Meliqo'ziev himoya qiladi.
Bugun bo'lib o'tgan qura yakunlariga ko'ra, Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo'ziev qita chempionatidagi ilk jangini 2 may kuni eronlik Amin Ziadiga qarshi boshlaydi.
Agar u ushbu jangda g'alaba qozonadigan bo'lsa, chorak finalda Taypey yoki Tojikiston vakillariga qarshi jang qiladi.
Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatini Olamsport.com sayti bilan birga kuzatib boring!
Telegram: https://t.me/olamsport
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar