20 iyu 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir ringga chiqqan oqshomning markaziy jangida qanday natija qayd etildi?
Bugun tunda AQSHning Texas shtati El-Paso shahrida Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etildi.
Biz uchun omadsiz kelgan ushbu boks oqshomining markaziy jangi birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni, meksikalik Xayme Munguyya (37-0, 30 KO) Gennadiy Golovkinning sobiq raqibi, polshalik Kamil SHeremeta (21-2, 5 KO) o'rtasida kechdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang olti raund davom etdi. Ettinchi raundda SHeremetaning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Xayme Munguyya muddatidan avval qozonilgan g'alabani qo'lga kiritdi. Bu Xaymening o'rta vaznda o'tkazgan uchinchi jangi edi. Kamil o'tgan yilning dekabr oyida IBF chempioni, qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Fikrlar