16 dek 07:23
Yangiliklar

Bel olish va uch kurash: Termizda kuchlilar aniqlandi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvimidagi mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.
Musobaqada sportchilar o'z vazn toifalariga ko'ra bel olish va uchkurashning yo'nalishlari bo'yicha murosasiz bahs olib borishdi.
O'smirlar o'rtasida Abduhakim Mo'ydinov, Marufjon Boltaboev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar o'rtasida Sarvar Mirzaev, Dilmurod Jo'raev, Sayfiddin Yaxshiboev singari polvonlar barcha raqiblarini engib, oltin medallarga ega bo'lishdi.
Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'lari bilan mukofotlanishdi.
Fikrlar