12 may 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Belal Muhammad: "CHimaev ular tufayli mag'lub bo'ldi"
Sobiq UFC chempioni Belal Muhammad Xamzat CHimaevning Nyuarkda bo'lib o'tgan UFC 328 turnirida SHon Striklendga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev hakamlarning ayri qarori bilan SHonga mag'lub bo'lgan va o'rta vazn toifasida (84 kg gacha)gi chempionlik kamarini boy bergandi.
"Xamzat hakamlar tufayli mag'lub bo'ldi, ular uning shunchaki chiqib, Striklendni kurashda "o'ldirishi"ni kutishgan edi. Aslida esa jang yaqin bo'lib, tik holatida o'tdi. Ular SHonga haddan ziyod ishonib yuborishdi, vaholanki Striklend yutqazgandi", - deb yozdi Belal Muhammad X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar