13 apr 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Belal Muhammad: "CHimaev va Kosta UFC kamari uchun jang qiladi"
UFC sobiq chempioni Belal Muhammadning fikricha, Xamzat CHimaev va Paulo Kosta o'rtasidagi jang yarim og'ir vazn (93 kg gacha) toifasida bo'lib o'tishi mumkin.
"O'ylaymanki, oxir-oqibat Xamzat va Kosta oktagonda to'qnash keladi. Faqat buning uchun CHimaev avval SHon Striklendni mag'lub etishi kerak. SHundan keyin 93 kg vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun jang qiladi", - deb yozdi Muhammad X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, Mayamida (AQSH) bo'lib o'tgan UFC 327 turnirida Kosta rossiyalik Azamat Murzakanovni nokautga uchratib, yarim og'ir vazn toifasida debyut qilgan edi. CHimaev 10 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirida sobiq chempion amerikalik SHon Striklendga qarshi jang qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar