25 noy 13:25
Yangiliklar
Belarus termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'ynashni istaymiz"
Eslatib o'tamiz, Belarusning ham ko'plab jamoalari Rossiya kabi xalqaro turnirlardan chetlatilgan.
- Termaning 2024 yil uchun rejalari qanday?
- Rossiya klublariga qarshi o'ynashda davom etamiz. Vengriyadagi jahon chempionatidan oldin Xitoy termasi bu erga kelishi kerak edi. Biroq logistik sabablar tufayli ular so'nggi daqiqalarda o'yinni rad qilishdi. Ular chempionatdan oldin bizga yoki ruslarga mag'lub bo'lishni istashmadi, buni tushundik.
O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjonga qarshi o'yinlar o'tkazishni istaymiz. Kuch bo'yicha ular bizga juda yaqin. Ularga taklif jo'natdik, biroq javob kelmadi. SHuningdek, Turkiya va CHernogoriyaga qarshi o'yinlar ham rejada bor. Ularning javoblarini kutyapmiz. Qizlarni rossiyalik juda kuchli jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. Ular o'z vatanlarida muxlislarining qo'llab-quvvatlashi ostida bor kuchi bilan harakat qilishadi, - dedi Pyavnickiy.
Fikrlar