So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

08 may 17:54
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Alplar "Samo"da bellashishdi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq polvonlar ishtirok etdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda ishtirok etgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg'ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimovlar sportchilarni qutlar ekan, yurtimizda keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sportga, milliy sport turlarimizga, xususan, sportning aholi orasida ommaviyligini taminlash kabi ishlarga alohida etibor qaratilayotgani haqida takidlab, polvonlarlarga omad tilashdi. 

SHundan so'ng kattalar o'rtasidagi mazkur O'zbekiston chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etgan ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yo'nalishda 5 ta vaznda kurash tushishdi. Murosasiz va qizg'in o'tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi polvonlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni tantana qilishdi.

Belbog'li kurash yo'nalishi. Erkaklar

57 kg. Jamoliddin Abdukamolov (Namangan),62 kg.Abduqodir Avazbekov (Farg'ona), 68 kg.Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 75 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon), 82 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon), 90 kg. Jasurbek Isroilov (Andijon), 100 kg.  Nodirbek Axatjonov (Toshkent sh.), +100  kg. Baxtiyor Jumaboev (Sirdaryo) 

Belbog'li kurashning erkin yo'nalishi. Erkaklar

57 kg. SHaxzod Usmonov (Toshkent v.), 62 kg. Sarvar To'xtasinov (Namangan), 68 kg. SHoxrux Zokirov ( Toshkent v.), 75 kg.  Nusrat Yo'ldoshev (Toshkent v.), 82 kg. Og'abek Amatbaev (Toshkent v.), 90 kg.  Husan Abduhakimoa (Sirdaryo), 100 kg. Obidali Mavlonov (Farg'ona), +100 kg. Hislat Pirmatov (Toshkent v.). 

Ayollar 

52 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 58 kg. Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona), 60 kg. Maftunabonu Mahmudova (Andijon), 76 kg Dilafruz Mamajonova (Namangan), +76 kg. Sahobat SHeralieva (Namangan). 

CHempionat yakunlangach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Takidlash joiz, mazkur chempionat joriy yil 20-25 may kunlari Jizzax shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab berdi.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing