So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

01 okt 04:16
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Bog'dodda mamlakat chempionlari aniqlandi

Teglar :  Belbog'li kurash
Farg'ona viloyati Bog'dod tumanidagi sport maktabida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 185 nafar yigit-qiz ishtirok etdi.

Dastlab, O'zbekiston chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Farg'ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimov va boshqalar sportchilarni qutlab, ularga omad tilashdi. 

Ikki davom etgan musobaqa g'olib va sovrindorlari:

O'g'il bolalar (Belbog'li kurash yo'nalishi) 

-57 kg. Jamoliddin Nematullaev (Namangan), -62 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon), -68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 75 kg. Samandar Anvarov (Farg'ona), -82 kg. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon), -90 kg. Pahlavon Umaraliev (Farg'ona), -100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg'ona), +100 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.). 

Qizlar (Erkin yo'nalish) 

-48. Mohira Qahhorova (Andijon), -52 kg. Gullola Imomnazarova (Andijon), -58 kg. Dildora Isroiljonova (Namangan), -66 kg. Oydinxon Otaqulova (Andijon), -76 kg. Lazzat Tulepbergenova (Qoraqalpog'iston), +76 kg. SHirinoy Yo'ldosheva (Namangan). 

O'g'il bolalar (Erkin yo'nalish) 

-57 kg. Nodir Turg'unpo'latov (Namangan), -62 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg'ona), -68 kg. Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona), -75 kg. Doston Obidjonov (Namangan), -82 kg. Jahongir Nizomiddinov (Namangan), -90 kg. Mirzajon Mirzajonov (Namangan), -100 kg. Jamshidbek Ubaydullaev (Toshkent v.), +100 kg. Bahodir Mehmonov (Farg'ona). 

Bellashuvlar yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing