13 mar 13:16
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurash. Ertaga Nurotada O'zbekiston kubogiga start beriladi
14-15 mart kunlari Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
Mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 2004-2005 yillarda tug'ilgan yosh kurashchilar chempionlik uchun bellashishadi.
Malumot uchun, ushbu O'zbekiston kubogida qizlar belbog'li kurashning erkin yo'nalishida 7 ta vazn toifasida bahslarga kirishsa, o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida bellashishadi.
Bugun esa musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Musobaqani O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar