02 may 18:53
Yangiliklar

Belbog'li kurash. Farg'onada kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Takidlash joiz, ushbu bellashuvlarda erkaklar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 8 ta vazn toifasida, ayollar erkin yo'nalishda 5 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishadi. SHuningdek, mazkur musobaqada g'olib sportchilar 20-25 may kunlari Jizzax shahrida o'tadigan Osiyo chempionatiga ishtirok etish yo'llanmasiga ham ega bo'lishadi.
Farg'ona viloyat belbog'li kurash federaciyasining ijrochi direktori Miranshoh Ro'zievning bizga bergan xabariga ko'ra, hozirda musobaqani munosib tarzda o'tkazish uchun "Samo" sport majmuasi shay holatga keltirilgan.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar