So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

20 jan 08:48
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash federaciyasi 2024 yilni sarhisob qildi

Teglar :  Belbog'li kurash
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining majlislar zalida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining 2024 yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston "Adolat" SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Mahmudova, O'zbekiston "Adolat" SDP siyosiy Kengashi raisi o'rinbosari Abdukamol Rahmonov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Gulnora Ahmedova, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, sportchilar, murabbiy va hakamlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov kirish so'zi bilan boshlab, ortda qolgan 2024 yil belbog'li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lganligini etirof etdi. 

Sportchilarimiz respublika va jahon miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda shoxsupaning yuqori pog'onalaridan o'rin egallab, mamlakatimiz sport zaxirasiga medallar shodasini taqdim etishgani, yurtimiz shanini munosib himoya qilganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Marosimda shuningdek, "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova hamda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratovlar ham yig'ilganlarni qutlab, milliy  sport turlarimizga, xususan belbog'li kurash sport turiga qaratilayotgan etibor va belbog'li kurashni rivojlantirish masalalari haqida to'xtalib, joriy yilgi xalqaro musobaqalarda polvonlarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda shuningdek, belbog'li kurash federaciyasi tomonidan turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra "Yilning eng yaxshi sportchisi" nominaciyasida o'g'il bolalar o'rtasida Jamoliddin Nematullaev, qizlar o'rtasida Farangiz Abdunabievalar loyiq ko'rildi. 

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominaciyasini kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov qo'lga kiritdi. "Yilning eng yaxshi musobaqa tashkilotchisi"ga Qoraqalpog'iston Respublikasi va Farg'ona viloyati belbog'li kurash federaciyalari munosib ko'rildi.

"Yilning eng yaxshi hakami" sifatida Sohibjon Qosimov (Buxoro), Alimardon Mirzaev (Andijon) etirof etilgan bo'lsa, "Yilning eng yaxshi natijador federaciyasi" Andijon viloyati belbog'li kurash federaciyasiga berildi. "Sport sohasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun" nominaciyasi g'olibi deb Ahmad Mallaboev (Namangan) elon qilindi.  

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganligi uchun tadbirkor Bekzod Boltabaev va bir qator soha vakillari Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Belbog'li kurash federaciyasining doimiy hamkori hisoblangan "Adolat " SDP siyosiy Kengashi tomonidan belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov hamda jahon chempioni Farangiz Abdunabievalar "Adolat" SDPning ko'krak nishoni bilan mukofotlanishdi. Bundan tashqari partiya vakillari turli yo'nalishlar bo'yicha nominaciya g'oliblari, federaciya kengashi azolari, sportchilar va murabbiyilarga diplom hamda esdaliklar topshirdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing