So’nggi yangiliklar

12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0

22 jan 13:09
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash federaciyasi tomonidan "Yil sarhisobi" tadbiri o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining majlislar zalida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining 2025 yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston  "Adolat" SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Mahmudova, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, sportchi, murabbiy va hakamlar hamda "Adolat" SDP vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirni Ravshan Dastirov kirish so'zi bilan boshlab, ortda qolgan 2025 yil belbog'li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lganligini etirof etdi. 

Sportchilarimiz respublika va jahon miqyosida o'tkazilgan musobaqalarda shoxsupaning yuqori pog'onalaridan o'rin egallab, mamlakatimiz sport zaxirasiga medallar shodasini taqdim etishgani, yurtimiz shanini munosib himoya qilganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Marosimda shuningdek, "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova ham yig'ilganlarni qutlab, milliy sport turlarimizga, xususan belbog'li kurash sport turiga qaratilayotgan etibor va belbog'li kurashni rivojlantirish masalalariga to'xtalib, bu yilgi xalqaro musobaqalarda polvonlarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda shuningdek, belbog'li kurash federaciyasi tomonidan turli nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra, "Yilning eng yaxshi sportchisi" nominaciyasida o'g'il bolalar o'rtasida Kamronbek Nomozboev (Toshkent vil), qizlar o'rtasida Dilafro'z Mamajonova loyiq ko'rildi. 

"Terma jamoani tayyorlashdagi xizmatlari uchun" nominaciyasini kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov qo'lga kiritdi. "Yilning eng yaxshi musobaqa tashkilotchisi"ga Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani hokimligi munosib ko'rildi.

"Yilning eng yaxshi hakami" sifatida xalqaro toifadagi hakam Miranshoh Ro'ziev (Farg'ona) etirof etilgan bo'lsa, "Yilning eng yaxshi natijador federaciyasi" Andijon  viloyati belbog'li kurash federaciyasiga berildi. "Yilning eng yaxshi belbog'li kurash bo'limi" nominaciyasi Toshkent viloyatiga, "Yilning eng yorqin tadbir tashkilotchisi" nominaciyasi Qoraqalpog'iston Respublikasiga tegishli bo'ldi. 

"Hududlarda belbog'li kurashni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun" nominaciyasi deb Sirdaryo viloyati (bo'lim raisi Mamur Umarov), Toshkent shahri (G'ayrat Bo'taev) hamda Buxoro viloyati (Sohibjon Qosimov) elon qilindi. "Musobaqalarda sportchilarni qo'llab-quvvatlagan eng faol muxlis" nominaciyasi g'olibi deb Mirzakbar Karimov (Namangan) elon qilindi.  

SHuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganligi uchun bir qator soha vakillari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Belbog'li kurash federaciyasining doimiy hamkori hisoblangan "Adolat" SDP siyosiy Kengashi tomonidan belbog'li kurash federaciyasi matbuot kotibi Ilhom Rahmonov, federaciya masul xodimi Imomali Umrzoqov hamda jahon chempioni Dilafro'z Mamajonova "Adolat" SDPning ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi. 

Bundan tashqari, partiya vakillari turli yo'nalishlar bo'yicha nominaciya g'oliblari, federaciya kengashi azolari, sportchilar va murabbiyilarga diplom hamda esdalik sovg'alar topshirdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing