05 noy 07:22
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurash. G'ijduvon O'zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi
6-7 noyabr kunlari Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidan o'rin olgan mazkur mamlakat kubok bahslarida 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar ishtirok etadi.
O'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vaznda bellashadilar.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar