So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

04 avg 15:17
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. G'ijduvonda O'zbekiston kubogi bellashuvlari o'tkazildi

Teglar :  Belbog'li kurash
1-3 avgust kunlari Buxoro viloyatining G'ijduvon tuman sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2007-2008 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida o'z vazn toifalariga ko'ra g'oliblik uchun kurash tushishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan O'zbekiston kubogi bellashuvlarida dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Dastlab, ochilish marosimiga tashrif buyurgan jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'anievga tabrik uchun so'z berilar ekan, shu o'rinda Azizbek G'aniev bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida etibor qaratilayotgani, xususan, jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan ham milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni yurtimiz hamda jahon miqyosida keng rivojlantirish ishlari jadallik bilan olib borilayotgani xususida takidlab, barcha sportchilarga omad tiladi va musobaqani ochiq deb elon qildi. SHuningdek, ochilish marosimida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, G'ijduvon tumani hokimi o'rinbosari SHerzod SHaripov, Buxoro viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i O'tkir Najmiddinov,  Buxoro viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Soxibjon Qosimovlar ishtirok etishdi. Marosimda taniqli sanatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga xushnudlik bag'ishladi. 

SHundan so'ng O'zbekiston kubogi bellashuvlariga start berildi. Musobaqaning birinchi kunida  reglamentiga muvofiq, mumobaqaning birinchi kunida belbog'li kurash yo'nalishida o'g'il bolalar  11 ta vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. 

Ikkinchi kungi bahslarda esa o'g'il bolalar erkin yo'nalishda 11 ta vazn toifasida bellashishdi. 

Demak, O'zbekiston kubogi  g'oliblari bilan tanishamiz.

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish) 

35 kg. Abdulatif Nuriddinov (Navoiy), 38 kg. Firdavsbek Abduvosilov (Andijon),  42 kg.  Muhriddin Quvvatov (Samarqand), 46 kg.  Fayozbek Sobirjonov (Namangan), 50 kg.  Murodulla Habibullaxonov (Namangan), 55 kg.  Sobirjon Abdullaev (Sirdaryo), 60 kg.  Yusuf Tursunov (Namangan), 65 kg.  Akrom Hikmatov (Toshkent v.), 71 kg. Ozodbek Abdusattorov (Farg'ona), 77 kg. Sarvarjon Turdiev (Xorazm), +77 kg. Yunus Sunnatov (Navoiy). 

Qizlar (Erkin yo'nalish)

33 kg. Nozligul Sotvoldinova (Andijon), 36 kg. Munira Siddiqova (Namangan), 40 kg. Dinara Xudoyberdieva (Andijon), 44 kg.  Gulsanam Solieva (Farg'ona), 48 kg. Arofatxon Muhammadova (Andijon), 52 kg. Diyoraxon O'razova (Andijon), +52 kg. Marjona Begalieva (Qashqadaryo). 

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalish) 

35 kg. Zikrollo Muhammadvaliev (Namangan), 38 kg. Abdumajid Husanboev (Andijon), 42 kg. Asrorbek G'ofurov (Andijon), 46 kg.  Xumoyunmirzo Biloliddinov (Andijon), 50 kg. Ramziddin Abdulxamidov (Andijon), 55 kg. SHerzrdbek Eliboev (Toshkent v.),  60 kg.  Davlatbek Abduqosimov (Sirdaryo), 65 kg.  Ulug'bek Mahammadjonov (Andijon), 71 kg. Xumoyun Ergashaliev (Farg'ona), 77 kg.  Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent v.) +77 kg. SHohjahon Rahmatov (Toshkent v.) 

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 


Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing