So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

20 dek 17:14
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Jahon kubogida polvonlarimiz 18 ta medal qo'lga kiritishdi

Teglar :  Belbog'li kurash
17-19 dekabr kunlari Rossiyaning Ufa shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida jahon kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kattalar o'rtasida o'tkazilgan ushbu jahon chempionatida 30 dan ortiq  davlatdan 250 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, belbog'li kurash bo'yicha 22 nafar terma jamoamiz azolari (bosh murabbiy Mironshoh Ro'ziev) ham mazkur jahon kubogida munosib ishtirok etishib, belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida bittadan oltin va kumush, shuningdek 16 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o'rinni band etishdi.   

Aynan ushbu g'olib sportchilarimiz qo'lga kiritgan medallar bois, madhiyamiz jahon arenasida  baralla yangradi, Vatanimiz bayrog'i eng baland ko'tarildi.

Jahon kubogi bellashuvlarida ishtirok etib, g'olib va sovrindor sportchilari bilan tanishamiz:

Erkin yo'nalish

Oltin medal

- 100 kg. Obidali Mavlonov


Kumush medal

- 68 kg. Fayzulla Munisjonov 


Bronza medal

- 62 kg. Bekpulat Bokirov 

- 68 kg. Zokirjon Kosheterov

- 75 kg. Javhar Abdullaev

- 82 kg. Muhammadsalim Abdurahmonov

- 90 kg. Iskandar Ismoilov  

- 66 kg. Zemfira Azatova

- 66 kg. Umidaxon Ismoilova


Klassik yo'nalish

Bronza medal 

- 62 kg. Oybek Hamidov 

- 68 kg. Abdulbobir Tojimirzaev

- 75 kg. Beket Kaljanbaev 

- 82 kg. SHavkatjon Umarov

- 90 kg. Oybek Karimov

- 100 kg. Abdulqosim Tojiboev

+ 100 kg. Dadajon Ergashev

- 58 kg. Saida Egamnazarova

- 52 kg. Mashrabxon Anorova


Mironshoh RO'ZIEV,Farg'ona viloyat belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi, Ufada o'tgan jahon kubogida terma jamoa bosh murabbiyi:  -Joriy yilda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar, rejalar alo darajada bajarildi, deb o'ylayman. Boisi, yakuniga etayotgan ushbu yilda barcha xalqaro musobaqalarda polvonlarimiz faqat kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lib, medallar shodasiga ega chiqishdi. Kecha yakuniga etgan jahon kubogida ham jami 18 ta medallar bilan kuchli uchlikdan joy olishga erishdik. Buning uchun polvonlarimizni, ularning joylardagi murabbiylari, ota-onalari va yaqinlarini tabriklayman. SHu o'rinda takidlab o'tishim kerak, mazkur jahon kubogida yagona oltin medalga  Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida tug'ilgan Obidali polvon Mavlonov ega chiqdi. Obidali polvonning Jahon chempionati va kubogi musobaqalarida qo'lga kiritgan   oltin medallari soni to'rttaga etdi. 2014-2016 yillari uch marta jahon chempionligiga erishgan. Bundan tashqari Yopiq inshootlarida Osiyo o'yinlarida ikkita oltin medalga sazovor bo'lgan. 2018-2020 yillar oralig'ida ham yirik xalqaro turnirlarda bir necha bor g'alaba qozongan. Terma jamoamiz faxriga aylangan sportchimiz hozirda Buvayda tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida yoshlarga belbog'li kurashdan saboq berib keladi. Demak, to'rt karra jahon chempionligiga erishgan Obidali Mavlonovni ham barcha polvonlarimiz nomidan qutlab qolamiz.      

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing