So’nggi yangiliklar

10:19Суперлига. Бугун 5-тур якунланади 0 09:58Арман Царукян миллион долларга Rolls-Royce Mansory сотиб олди + ФОТО 0 09:37Сергей Фомин 1/2 финал учрашувини ўтказди 0 09:16UFC Fight Night 272. Икки жангчи вазн қила олмади. Яҳёевга иккинчи имконият берилди 0 08:55"Барселона" Бастони учун 45 миллион таклиф қилди, "Интер" эса кўпроқ сўради 0 08:34Чисора фаолиятидаги энг катта вазн билан Деонтей Уайлдерга қарши рингга кўтарилади 0 08:1341 ёшли "Кунф-фу қироли"га рақиб берилди + ПОСТЕР 0 07:52Бивол Бетербиев билан трилогия нега амалга ошмаслиги мумкинлигини айтди 0 07:31Роналду қайтишини дубль билан нишонлади 0 07:10Бугун 5 нафар боксчимиз Осиё чемпионати чорак финалида рингга кўтарилади 0 21:22"Номзодлар турнири". Накамура ҳам мағлуб этилди. Кетма-кет ғалабалар 0 19:01Чарльз Оливейра Топурия — Гэтжи жанги учун захира варианти бўлишга тайёр 0 18:39Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи учрашувлари санаси маълум қилинди 0 18:17UFC топ жангчиси Стрикленд Чимаевни мағлуб этиши учун нима қилиши кераклигини айтди 0 17:52Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё чемпионати чорак финалида жанг қилади 0

24 sen 07:22
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Kuchlilar Namanganda aniqlandi + FOTO

Namangan shahrida belbog'li kurash bo'yicha (U 20) o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Namangan viloyati sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qarashli "Barkamol avlod" nomli manejida o'tgan mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. 

Musobaqada o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'nta vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishda sakkizta vazn toifasiga g'oliblik uchun kuch sinashishdi. Musobaqaning birinchi kuni ananaga muvofiq tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 

Marosimda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, federaciya bosh kotibi Abdixalil Malikov, jahon belbog'li kurash associaciyasi vakili Ralf Fayziev (AQSH) ishtirok etib, barcha polvonlarga omad tiladi. 

Reglamentga ko'ra, g'oliblar noyabr oyida Rossiya davlatida o'tishi rejalashtirilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi belgilangan edi. SHu boisdan ham musobaqa murosasiz va shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi. 

Ikki kunlik qizg'in bellashuvlarda o'z vazn toifalarida Firdavs Haqnazarov (48 kg, Toshkent v.), Oybek Siddiqov (52 kg, Farg'ona), Abror Ahmadjonov (57 kg, Namangan), Moldir Alimbaeva (48 kg, Qoraqalpog'iston), Feruza Sobirova (52 kg, Farg'ona) singari kurashchilar barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing