So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

03 dek 15:22
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Olmaliqda O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Olmaliq kon – metallurgiya kombinatiga qarashli sport majmuasida belbog'li kurash bo'yicha 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan  200 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishmoqda. 

Ushbu musobaqada dastlab, ochilish marosimi tashkil etildi. Tabrik uchun so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va  Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov  sportchilarni qutlar ekan, yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida takidlab o'tishdi va musobaqa ishtirokchilariga  kuchlilar qatoridan joy olishlarida muvaffaqiyat tiladi. 

SHundan so'ng o'smirlar o'rtasidagi mazkur chempionatga start berildi. Takidlash joiz, ushbu bellashuvlarda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishayotgan bo'lishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing