22 may 09:49
Yangiliklar

Belbog'li kurash. Osiyo chempionati rasmiylari kutib olindi + FOTOGALEREYA
Birlashgan kurashlar olami (UWW), Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o'tkazilayotgan ushbu Osiyo chempionatida Hindiston, Eron, Indoneziya, Yaponiya, qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 20 ga yaqin davlatlarning nomdor polvonlari ishtirok etadi.
SHuningdek, musobaqa doirasida reglamentga muvofiq Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi Qozog'istonning "Qazaq Kuresi" va Qirg'izistonning "Alish" kurash sport turlari bo'yicha ham Osiyo chempionati o'tkaziladi. Kecha esa poytaxtimizdagi Islom Karimov nomli Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo chempionati mehmonlari, mutasaddilari tantanali ravishda kutib olindi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar