So’nggi yangiliklar

21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0

24 noy 08:25
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Polvonlarimiz Jahon Kubogida kuchli uchlikdan joy olishdi

Teglar :  Belbog'li kurash
19-22 noyabr kunlari Rossiyaning Ufa shahrida belbog'li kurash bo'yicha R.F.Gaynanov xotirasi uchun erkaklar va ayollar o'rtasida jahon kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, mazkur jahon kubogi bellashuvlarida mamlakatimiz belbog'li kurashchilaridan iborat terma jamoa ham ishtirok etib, ijobiy natijalarni qayd etdi. 

O'ttizga yaqin davlatdan sara sportchilar ishtirokidagi musobaqaning birinchi kunida terma jamoamiz bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov hamda yordamchi murabbiy Sergey Txaklar qo'l ostidagi polvonlarimizdan Sarvar Ikromov 100 kg. vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikkinchi kungi jamoaviy bellashuvlarda vakillarimiz matonat ko'rsatib, kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo'ldi va bronza medallariga egalik qilishdi. 

Musobaqa doirasida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda sport delegaciyamizga rahbarlik qilgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda xalqaro toifadagi hakam Elmurod Abdullaev Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov tomonidan belbog'li kurashni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

SHuningdek, ushbu  jahon kubogi musobaqasida bosh hakamlik vazifasini bajargan hamyurtimiz Elmurod Abdullaevga yil davomida belbog'li kurash bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionati, xalqaro turnirlar va kubok bellashuvlarida odilona hakamlik qilgani uchun "Yilning eng yaxshi xalqaro toifadagi hakami-2025" ("The Best Referee-2025") nominaciyasi g'olibligi ham nasib etdi. 

Bundan tashqari, sportchimiz Bekzod Abdurahmonov "Yuqori texnika sohibi" nominaciyasiga loyiq ko'rildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing