19 iyu 18:21
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurash. Qo'rg'ontepada O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda + FOTO
Bugun Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.
O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etmoqda.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 10 ta, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda. CHempionat 21 iyunga qadar davom etadi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar