So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

30 may 14:18
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. To'raqo'rg'onda "Do'stlik" turniri o'tkaziladi

Teglar :  Belbog'li kurash
Joriy yilning 28-30 may kunlari Namangan viloyatining To'raqurg'on tumanida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida "Do'stlik" nomli xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Namanganda ayni 65- xalqaro gullar festivali doirasida bo'lib o'tgan mazkur "Do'stlik" xalqaro turnirida Rossiya, Hindiston hamda mamlakatimizning eng nomdor polvonlari o'zaro kuch sinashishdi.
To'raqo'rg'on tuman sport maktabida yuqori saviyada o'tgan mazkur xalqaro turnirda dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Namangan viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Bozorov, To'raqo'rg'on tuman hokimi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi SHerali Qosimov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda Rossiya va Hindiston sport delegaciyalari rahbarlari ishtirok etishdi.


Kun davomida ko'p sonli muxlislar olqishi ostida o'tgan bellashuvlarda polvonlar bor mahoratlarini ishga solib, g'oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.Har bir vazn toifasida sovrindorlar safidan joy olish polvonlar uchun oson kechmadi. SHu tariqa shiddatli kechgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida eng ko'p medallar jamg'argan O'zbek polvonlari faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Rossiya terma jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, hindistonlik polvonlarga uchinchi o'rin nasib etdi.


G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Takidlash joiz, sportchilarni kurash maydoniga chorlagan ushbu xalqaro turnirdan ko'zlangan maqsad—Yurtimizda sportni, xususan, milliy sport turimiz belbog'li kurashni yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash va xalqaro do'stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing