So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

24 iyu 14:51
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash: Yozyovonda O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Yozyovonda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda.

Bugun, 24 iyun kuni  Farg'ona viloyati Yozyovon tumanining Xonabod qishlog'ida tuman bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli  ochiq kurash maydonida belbog'li kurash bo'yicha 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan  300 nafardan ortiq  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. CHempionat bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Yozyovon tumani hokimi o'rinbosari Mirzohid Hatamov,  O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi o'rinbosari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi Azamjon SHokirjonov, belbog'li kurash federaciyasi kengashi azosi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Nematullo To'ychiev, Farg'ona viloyat  belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Miranshoh Ro'ziev, tuman BO'SM direktori Muzaffar Karimov va boshqalar ishtirok etib, musobaqa qatnashchilarini qutlashdi va ularga omad tilashdi.   

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11tadan vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. Bellashuvlarni belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi 20 nafar malakali hakamlar guruhi boshqarib borishmoqda.

Musobaqa 26 iyunga  qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing