So’nggi yangiliklar

08:11Расман: Англия Суперкубоги "Уэмбли"дан кўчирилди! Сабаб — концерт! 0 07:50Ислам Махачевнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши айтилди 0 07:29PWL 11. Лайлохон Собированинг рақибаси маълум бўлди + ПОСТЕР 0 07:08Майами (WTA). Каролина Мухова 1/4 финалга чиқди 0 07:03Расман: IBF Жей Опетайяни чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0

17 okt 10:31
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz jahon chempionatida 30 ta medal bilan birinchi bo'lishdi

13-15 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xo'jand shahrida belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, mazkur dunyo birinchiligida Baxtiyor Turg'unpo'latov murabbiyiligida to'liq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 21 ta davlatdan kelgan 300 nafarga yaqin sportchilar orasida 12 ta oltin, 3 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egallashdi. 

Jahon chempionlarimiz bilan tanishing:

Belbog'li kurash yo'nalishi: 57 kg. Jamoliddin Nematullaev (Namangan), 62 kg. Asadbek Mamataliev (Namangan), 68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 75 kg. Kamronbek Nomozboev (Toshkent v.), 82 kg. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon), 100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg'ona). 

Erkin yo'nalish: 57 kg. Asomiddin Zokirjonov (Namangan), 68 kg. Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona), 75 kg. Dostonbek Obidjonov (Namangan), 82 kg. Jahongir Nizomiddinov (Namangan), 58 kg. Dildoraxon Isroiljonova (Namangan), +76 kg. SHirinoy Yo'ldosheva (Namangan). 

Mazkur jahon chempionatida jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar ham ishtirok etishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing