14 avg 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 264. MMA afsonasi markaziy jangda kamarini himoya qildi
Biroz avval AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahridagi "Mohegan Sun Arena"da navbatdagi MMA turniri yakunlandi.
Bellator 264 oqshomining markaziy jangida MMA afsonasi, promoushenning o'rta vazn toifasida amaldagi chempioni Gegard Musasi (48-7-2) amerikalik davogar Jon Solter (18-5) bilan to'qnash keldi.
Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Asli kelib chiqishi armanistonlik, hozirda Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan Musasi raqibini parterga tushirdi va ketma-ket kuchli zarbalar yo'lladi. Solterning javob qaytarmayotganini ko'rgan referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Fikrlar