24 sen 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 266 turniri gonorarlari malum. Yoel Romero ro'yxatda etakchi
Bellator ishtirokchilari qancha mablag'ga ega bo'lganliklari aniq bo'ldi.
Fil Devisga mag'lub bo'lganiga qaramasdan, Yoel Romero bu turnirning eng ko'p haq to'langan jangchisi bo'ldi. Kaliforniya Atletik qo'mitasining malumotlariga ko'ra, 44 yoshli Romero ushbu turnirda 150 ming dollar mablag'ni o'ziniki qilgan.
Uni mag'lub qilgan Devis esa 100 ming dollar gonorarga ega bo'ldi.
Neyman Greysi ham ushbu kardda 100 ming dollarni o'ziniki qildi. Unga mag'lub bo'lgan Mark Lemminger esa 40 ming dollarga ega bo'ldi.
Rossiyalik Xalid Murtazaliev 33 ming, uning raqibi Entoni Adams 40 ming dollar pulni o'ziniki qildi.
Qolgan jangchilar esa, 1500 dollardan 38600 dollargacha gonorarlarga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : Fighttime.ru
Fikrlar