26 fev 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 275 turnirining markaziy jangi 1,25 daqiqa davom etdi FOTOGALEREYA
Irlandiya poytaxti Dublin shahrida aralash yakkakurash bo'yicha navbatdagi Bellator turniri tashkil etildi.
"3Arena" mezbonlik qilgan Bellator 275 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasi chempioni Gegard Musasi ishtirokida bo'lib o'tdi. Musasi o'z kamarini Ostin Vanderforddan himoya qildi. Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Musasi birinchi raundning 85-soniyasida Vanderfordni nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Gegard Musasi o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Gerard hisobida 49 g'alaba va 7 mag'lubiyat bor. Yana 2 ta jang durang natija bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar