16 mar 08:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator bekor qilingan jang ishtirokchilariga gonorarlarni to'lab beradi
Bellator tashkiloti koronavirus sabab bekor qilingan Bellator 241 turniri ishtirokchilariga vada qilingan gonorarlarni to'lab beradi.
Bu haqida Bellator prezidenti Skott Koker malumot berdi. Koker hamkor kompaniyalar bilan kelishgan holda jangchilarga gonorarlarni to'lab berishga qaror qilgan. Hozircha gonorarning hammasi yoki kattaroq qismi to'lab berilishi haqida aniq malumot yo'q.
SHuningdek, hakamlar, katmenlar va boshqa rasmiylarga ham kompensaciya sifatida tovon pullar to'lab beriladi. Bellator 241 turnirining markaziy jangi yarim engil vaznda Patrisio Freyra va Pedro Karvalo o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Reja bo'yicha navbatdagi Bellator turniri 9 may kuni o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar