01 sen 09:25
Yangiliklar

Bellator bosslari Nurmagomedovning galdagi raqibini oshkor etishdi
Bellator 269 turniri doirasida rossiyalik MMA jangchisi Usman Nurmagomedov ham oktagonga ko'tariladi. Usmanning raqibi finlyandiyalik Patrik Pietila bo'ladi. Bu malumotni Bellator matbuot xizmati ham tasdiqladi.
Patrik Pietila Bellator promoushenida bittagina jang o'tkazgan. 2019 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgan o'sha jangda u Rayan Roudiga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi.
Usman Nurmagomedov esa shu yilning o'zida Bellator qafasida ikkita jang o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. U Mayk Xemilni ochkolar bo'yicha, Menni Muroni esa texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
SHuningdek, promoushen tomonidan rossiyaliklar Grachik Bozinyan, Irina Alekseeva, Aleksey SHurkevich va Nikita Mixaylovning janglari ham rasman tasdiqlandi. Oqshomning markaziy jangi Fyodor Emelyanenko va Timoti Jonson o'rtasida bo'lib o'tadi.
Bellator 269 turniri kardi:
Fyodor Emelyanenko – Timoti Jonson
Vitaliy Minakov – Said Souma
Andrey Koreshkov – Rustam Xabilov
Usman Nurmagomedov – Patrik Pietila
Grachik Bozinyan – Ross Xyuston
Irina Alekseeva – Stefani Yelo Peyj
Aleksey SHurkevich – Kristian Ekerlin
Nikita Mixaylov – Brayan Mur
Fikrlar