16 jan 10:29
Yangiliklar

Bellator chempioni PFL promoushenidan haydaldi
Braziliyalik 37 yoshli yarimengil vazn toifasida Bellator chempioni Patrisio "Pitbul" Freyre PFL promoushenidan haydaldagi birinchi amaldagi Bellator chempioni bo'ldi. Kuni kecha Bellator MMA brendi tugatilib, promoushen PFL Ligasiga qo'shib yuborilgandi.
"Biz Pitbulni qo'yib yuboramiz. PFL – bu imkoniyatlar makoni. Men bu kompaniyani aralash yakkakurash ustalari uchun imkoniyat taqdim etish uchun tashkil qilganman. PFL bu imkoniyatlarni orzularini biz bilan birga amalga oshirish istagida bo'lganlar uchun!", - dedi PFL rahbari Devis.
Qizig'i, o'tgan yilning dekabr oyida Patrisio Freyre imkon qadar PFL promousheni bilan xayrlashishi va UFC bilan shartnoma imzolashini aytgan edi. Mana u niyatiga etdi. Lekin UFC ligasiga Freyre kerakmikan?
Fikrlar