13 mar 19:58
Yangiliklar

Bellator Fyodor Emelyanenkoning jangini bekor qildi
Bu haqda tashkilot prezidenti Skott Koker Bellator 276 turniri yakunidagi matbuot anjumanida aytib o'tgan. Fedor Moskvadagi turnir doirasida o'zining professional sportchilik faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazishi kerak edi.
"Afsuski, bu yil Moskvadagi musobaqani o'tkazmaymiz. Tabiiyki, Fyodorning xayrlashuv jangini ham o'tkaza olmaymiz. Biz buning uchun har tomonlama maqbul joy izlaymiz.
"Xayratlanarli shou o'tkazish uchun rejalarimiz bor edi. Hozir men shuni aytishim mumkinki — bizga Qizil maydonda turnir o'tkazishga ruxsat berilsa, biz barcha davrlarning eng buyuk jangchisi bilan ajoyib tarzda xayrlashar edik. Endi musobaqani o'tkazish uchun yangi joy izlashimiz kerak, sababi Fyodor faoliyatini munosib tarzda yakunlashga loyiq. Lekin biz hozircha musobaqani qaerda o'tkazishni bilmaymiz", - deya takidlagan Bellator prezidenti.
Malumot uchun, 45 yoshli Fyodor Emelyanenko so'nggi bor 2021 yilning oktyabrida Moskvadagi Bellator 269 turnirida amerikalik Timoti Jonsonga qarshi jang qilib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Fikrlar