20 fev 08:45
Yangiliklar

Sobiq Bellator chempioni Patrisio "Pitbul" UFC jangchisiga aylandi
Pitbul yarimengil vazn toifasida sobiq Bellator chempioni hisoblanadi. Patrisio Freyre bir oycha avval PFL (Bellator promoushenining yangi egasi) ligasi bilan xayrlashib, erkin agentga aylangandi. U uzoq vaqt ishsiz qolib ketmadi va UFC bilan shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Freyre 2010 yildan beri Bellator ligasi bayrog'i ostida o'z janglarini o'tkazib kelayotgandi. Ushbu ligada u 30 ta jang o'tkazib, o'ziga xos rekord o'rnatgan. Jami 15 ta chempionlik janglarida oktagonga chiqqan. 2019 yilda Patrisio engil vazn toifasida ham Bellator chempioni bo'lgandi. O'shanda u birinchi raundning o'zida hozir UFC`da o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Maykl CHendlerni nokautga uchratgan edi.
"Pitbul" asosiy maqsadi UFC yarimengil vazn toifasida chempion bo'lish ekanini aytib ulgurdi. Debyut jangidayoq Aljameyn Sterling, Diego Lopes yoki Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
Fikrlar