25 avg 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator. Xaritonov Mitrionni nokautga uchratdi
Bellator 225 turniri doirasida rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Sergey Xaritonov AQSHda Mett Mitrionga qarshi jang qildi.
Mett jangni yaxshi boshladi. Ammo, birinchi raund yakunida Xaritonov tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ikkinchi raundda esa o'ng qo'l va tizza zarbasi evaziga Mitrionni nokautga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, sportchilar fevral oyida ham oktagonda to'qnash kelishgandi. Biroq, o'shanda Mitrion taqiqlangan zarbani amalga oshirgani uchun jang to'xtatilgan va bo'lib o'tmagan deb hisoblangandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar