17 mar 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Ben Askren: Xabibni o'zining uslubida mag'lub etaman
UFC jangchisi Ben Askren rejalari bilan o'rtoqlashdi.
“O'ylashimcha, Darren Tillni mag'lubiyatga uchratganimdan so'ng UFCda hech kim menga Kamaru Usman bilan jang qilishimga to'sqinlik qilmaydi”.
“Xabib bilan jang? Juda qiziq bo'ladi, to'g'rimi? Darren Tillni mag'lub etganimdan keyin oktyabr oyida biz u bilan jangni tashkil qilsak bo'ladi. Unga haqiqiy kurash qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yaman. Uni o'zining uslubida mag'lub etaman”, - dedi Askren.
Eslatib o'tamiz, Askren UFCdagi debyut jangini shu oyda UFC 235 musobaqasida o'tkazgan va Robbi Loulerni mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar