08 apr 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Benavides Bivolning WBC kamaridan voz kechish qaroriga munosabat bildirdi
Yarim og'ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) WBC vaqtincha chempionlik kamari sohibi bo'lgan amerikalik bokschi Devid Benavides Dmitriy Bivolning unga qarshi jang o'tkazmaslik haqidagi qarorini izohladi.
Eslatib o'tamiz, WBC tashkiloti Benavidesni Bivol uchun majburiy raqib sifatida belgilagan edi va ular 7 aprelga qadar jang haqida kelishib olishlari kerak edi. Ammo Bivol jamoasi boshqa qaror qabul qildi.
"Hozirgina Bivol men bilan jang qilish o'rniga, kamardan voz kechganini bildim. Bu qaror meni WBC yarim og'ir vazndagi jahon chempioniga aylantiradi. Albatta, chempion bo'lish uchun ideal yo'l emas, ammo baribir endi men WBC chempioniman", — deb yozdi Benavides ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar