So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

03 may 15:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Benavides Ramiresni to'xtatdi va Kaneloga "vyzov" tashladi

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "Ti-Mobile" arenada professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazildi, unda Xilberto Ramires va Devid Benavides o'zaro to'qnash keldi. Devid Benavides birinchi og'ir vazn toifasidagi debyutini muvaffaqiyatli yakunladi. Buning uchun unga olti raund kerak bo'ldi.

Amerikalik o'zining sobiq sparring sherigi Xilberto Ramiresga boksdan saboq berib qo'ydi. Bu bilan u meksikalik bokschidan ushbu vazn toifasidagi WBA va WBO chempionlik kamarlarini tortib oldi. O'ng ko'zi deyarli to'liq yopilib qolgan Ramires oltinchi raund tugashiga bir soniya qolganida taslim bo'ldi. Bu meksikalik uchun 16 yillik professional faoliyatidagi birinchi nokaut bo'ldi.

29 yoshli Devid Benavides uchinchi vazn toifasida chempion bo'ldi va hali ham yarim og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga ega. U bu vaznda The Ring, IBF, WBA va WBO chempionlik unvonlariga ega bo'lgan rossiyalik Dmitriy Bivol bilan jang qilish uchun qaytmoqchi.

SHuningdek, amerikalik o'sha oqshom zalda bo'lgan Saul "Kanelo" Alvares bilan ringni bo'lishga tayyorligini bildirdi.

"Men shunchaki muxlislarga ular ko'rishni xohlagan narsani bermoqchiman. Kaneloni zalda ko'rdim. Muxlislardan so'rashga ijozat bering: Kaneloning Devid Benavidesga qarshi jangini ko'rishni xohlaysizmi? Biz bu jangni amalga oshmay qoldira olmaymiz. Men Kaneloni hurmat qilaman, u buyuk chempion, lekin men ham buyukman. Keling, buni amalga oshiramiz! Men hali ham yarim og'ir vaznda chempionman. SHunday ekan, agar ular bu kamar uchun kelishni istasalar, keling, buni yarim og'ir vazn toifasida o'tkazaylik!", - dedi Benavides jangdan keyingi intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing