20 fev 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev - Bivol 2 jangi g'olibi maxsus kamarni qo'lga kiritadi + FOTO
Butunjahon boks tashkiloti (WBC) yarimog'ir vazn toifasi mutlaq jahon chempionligi uchun o'tkaziladigan revansh jangiga maxsus esdalik kamari hozirladi.
22 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomining asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Unda rossiyalik bokschilar - mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Artur Beterbiev hamda faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini aynan Arturdan qabul qilib olgan Dmitriy Bivol o'zaro to'qnash keladi.
Revansh maqomidagi jang g'olibi mutlaq jahon chempioni bo'lishi barobarida WBC tayyorlab qo'ygan maxsus kamarga ham ega chiqadi. Bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 12 oktyabr kuni Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan va unda Beterbiev hakamlarning qarori bilan ochkolar (114-114, 115-113, 116-112) hisobi bo'yicha g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar