19 fev 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev - Bivol II kardi ilk jangidan ayrildi
Amerikalik bokschi Floyd Skofild engil vazn toifasida WBC chempioni SHakur Stivensonga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Floyd kasal bo'lib qolgani sababli Britaniya boks nazorati kengashi tomonidan jangdan chetlashtirildi. Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda. Skofild — Stivenson jangi 22 fevral kuni Ar-Riyodda o'tkazilishi kerak edi.
Kecha bokschi jangga rasmiy etib kelish rasmiy marosimini ham o'tkazib yuborgandi. 22 fevral kungi oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vaznda mutlaq chempionlik uchun Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol o'rtasida kechadi.
O'sha kardda hamyurtimiz Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : TheRing
Fikrlar