23 fev 00:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev - Bivol II. Oqshomning yana bir jangi yakunlandi, bu safar nokaut bilan
Saudiya Arabistonida Riyadh Season tomonidan o'tkazilayotgan prof boks oqshomi davom etmoqda.
Asosiy kardning yana bir jangi o'z nihoyasiga etdi.
Unda og'ir vazn toifasidagi germaniyalik charm-qo'lqop ustasi Agit Kabayel Xitoy vakili CHjan CHjileyga qarshi ringga ko'tarildi.
WBC yo'nalishidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o'tkazilgan bellashuv oltinchi raundda yakunlandi. Kabayel raqibini nokaut orqali taslim etdi va kamarni qo'lga kiritdi. Beshinchi raundda esa Agitning o'zi nokdaun holatiga tushib qolganini takidlash lozim.
Navbat Isroil Madrimov hamda Virjil Ortis o'rtasidagi bellashuvga.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar