15 jan 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev Usik bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi
Yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev superog'ir vazndagi uchta kamar sohibi Aleksandr Usik bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi.
"Usik bilan og'ir vazndagi jang? Yo'q, u men uchun juda kuchlilik qiladi. Usik superog'ir vaznli. U juda kuchli. Usik vazni tushib ketishi mumkinligini aytdi? Ha, agar u yarimog'ir vaznga tushsa, muammo bo'lmaydi. U juda kuchli va tajribali", dedi Beterbiev Fight Hub TV YouTube kanalidagi chiqishi paytida.
Artur keyingi jangini 22 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida Dmitriy Bivolga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : FightHub
Fikrlar