08 sen 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bi Jey Penn: "Xabib juda erta ketdi"
UFC'ning sobiq jangchisi Bi Jey Penn o'tgan yilning oktyabr oyida sportni tark etgan sobiq engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedovning faoliyatini yuqori baholadi.
"Menga Xabibning janglarini tomosha qilish yoqardi va u o'zini barcha davrlarning engil vazndagi eng buyugiman deb ataganini ko'rmaganman. Bu uning uslubi emas. Lekin uning karerasi haqida fikrim: u juda erta ketdi.
Jangchilar ham bor, sportchilar ham bor, men xohlagan narsam faqatgina har kim bilan jang qilish edi. Engil vazn toifasida tarixdagi eng zo'r jangchi kimligini bilmayman... ", - deb yozdi Penn Instagramda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar