02 iyu 16:00
Yangiliklar
"Bir o'limdan qaytgan" Ben Askren Bilol Muhammad bilan jang qiladi
U professional kurash ligasi Real American Freestyle Real American Freestyle (RAF) bilan hamkorlikdagi ilk bahsini UFC sobiq chempioni Bilol Muhammadga qarshi o'tkazadi. Ikki amerikalik sportchi o'rtasidagi to'qnashuv 18 iyul kuni Miluokida bo'lib o'tadigan RAF 11 turnirida tashkil etiladi.
Bilol Muhammad ushbu hafta oxirida UFC Fight Night 278 turnirining markaziy jangi doirasida Gabriel Bonfimga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yil iyun oyi boshida Askren og'ir shakldagi pnevmoniya bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Oy oxirida unga ikki o'pkani ko'chirib o'tkazish operaciyasi amalga oshirilib, operaciyadan keyin sportchi hatto qayta yurishni o'rganishiga to'g'ri kelgan. SHunga qaramay, u noyabr oyida mashg'ulotlarni qayta boshlaganini malum qilgandi.

Fikrlar