20 fev 14:21
Yangiliklar

Bir oydan keyin Londonda o'tkaziladigan UFC turnirining asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER
Oqshomning asosiy jangi britaniyalik Leon Edvards hamda amerikalik aralash yakkakurash ustasi SHon Bredi o'rtasida o'tkaziladi. Aslida yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Leon Edvards o'z muxlislari ko'z o'ngida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo UFC rahbarlari Maddalenani bu karddan olib, raqibsiz qolgan Belal Muhammadga berishdi. Natijada Leon raqibsiz qolib ketdi. Tashkilotchilar tezda uning o'rnini SHon Bredi bilan to'ldirishdi.
Eslatib o'tamiz, Leon Edvards so'nggi bor o'tgan yilning iyul oyida Manchesterda o'tgan turnirda aynan Belal Muhammadga ochkolar hisobi bo'yicha yutqazib, o'z kamarini boy bergandi. SHon Bredi esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Kelvin Gastelumni kimura usuli bilan mag'lub etgan bo'lsa, Gilbert Bernsdan hakamlar qaroriga ko'ra ustun kelgandi. Ayni paytda Leon Edvards yarimo'rta vazn reytingida birinchi, SHon Bredi esa beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar