So’nggi yangiliklar

13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0

28 mar 18:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Birinchi jang tasodifmidi? Povetkin tugatishi kerakmi? (tahlil)

Yomon hayollar amalga oshdi. Aleksandr Povetkinga qarshi revansh jangida Dillian Uayt tanib bo'lmas edi: tezkor, tajovuzkor va haqiqiy qotillik instinkti bor edi unda.

Britaniyalikning o'zi bunday oson g'alabani kutmagan.

Ikkinchi jangda Uayt nafaqat aqlli ishladi, balki raqibini kamsitmasdan ancha yaxshi formada ham chiqdi. Povetkin natijani hal qiladigan himoyadagi xatolar ustida kerakli ishlarni amalga oshirmadi. Trilogiya deyarli ahamiyatli emas: Aleksandr uchun tugatish vaqti keldi.



Povetkin uchun revansh birinchi raunddayoq natija bermadi. Uayt rossiyalik ricarni zarbasi bilan nokaut qildi

Dillian Uayt - karerasi muvaffaqiyatsizlikka uchrab qolgan paytdagina eng yaxshi natijalarini ko'rsata boshlaydigan noyob bokschilardan biri. Ehtimol, bu ular o'zlarini rag'batlantirishining yagona usuli.

Javob uchrashuvi arafasida Dillian bu uning faoliyatidagi eng muhim jang ekanligini takidlagan. Ringdagi voqealar ko'rsatilgandek, u shunga yarasha tayyorlandi. Bu birinchi jangda Povetkin oldida dangasalik bilan harakat qilgan o'sha bokschi emas edi.

Aleksandrning muammolari tom manoda birinchi soniyalarda boshlandi, favorit darhol kurashda tajovuzkor tezlik o'rnatdi. Dastlab Povetkin bir nechta kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi: ularning aksariyati o'tib ketdi, ammo uni yiqilishdan faqat ring arqonlarigina himoya qilardi.

Povetkin bunga javoban asabiy va xayolparast harakat qildi. Ikkinchi raunddagi nisbiy muvaffaqiyatdan so'ng, uchinchisida Uayt yana tempni oshirdi: rus ricari raqibning deyarli har bir zarbasini ushlab oldi, ularning bazilari shunchalik kuchli ediki, Aleksandrning oyoqda turishi hayratlanarli edi.

To'rtinchi raundda bunday savollar tug'ilmadi. Dastlabki soniyalardan boshlab Uayt yana o'zi tanlagan maqsadni nishonga olgan va zarba bergan holda to'g'ridan-to'g'ri raqib tomon bordi. Uayt jangni chap qo'lda yuborilgan zarba bilan yakunladi

Aleksandr kurashni davom ettirishga urindi, ammo bu uning sog'ligi uchun juda xavfli ekanligi aniq edi. SHu daqiqada burchakdan oq sochiq uloqtirildi va hakam jangni to'xtatish to'g'risida adolatli qaror qabul qildi.


Uayt Povetkinga revansh berishga tayyor, ammo Aleksandrning promouteri bunga qatiy qarshi. Uchinchi jang endi hech kimga kerak emas

Uayt juda yaxshi bo'lganmi yoki Povetkin shunchalik yomon bo'lganmi degan savol ritorikdir. Albatta Uayt. Ikkinchi jangda u hujumda chindan ham qo'rqinchli edi. Bunday Dillian bilan Joshua va Fyuri ham muammolarga duch kelishlari mumkin edi.

Jangdan so'ng Uayt raqibining professional fazilatlarini qayd etdi va Povetkinning revansh olishiga rozi bo'ldi:

"Povetkin qattiqqo'l odam, shuning uchun men shoshilmadim va ehtiyot bo'ldim. Men buni yana qilishga tayyorman. Agar u qasos olishni istasa, men u bilan yana kurashishga tayyorman. U faqat Klichko, Joshua va menga yutqazdi. U hali ham kuchli".

Jangdan keyin Uaytning xatti-harakatlarini kuzatish juda yoqimli edi: Dillian Povetkinni nokautdan keyin o'tirishi, ustiga suv quyishi uchun taburetka olib keldi va bir necha daqiqadan so'ng bokschilar nimadir haqida juda iliq gaplashishdi.


Ammo Povetkinning promouteri Andrey Ryabinskiy revansh olishni istamaydi.

"O'ylashimcha, bu so'nggi jang", - dedi u revansh jangi natijalariga quruq izoh berar ekan.

Povetkin Ryabinskini tinglashi va qo'lqoplarini mixga osishi kerak. Uayt bilan tuzilgan trilogiya hech kimga kerak emas, eng muhimi, Aleksandrning o'zi uchun foydasiz. Birinchi jang sensaciya bilan yakunlandi, uning fonida hamma Povetkinning xatolariga ko'z yumdi va zarbalarni unitib yubordi. Ikkinchi jang buni aniq ko'rsatib berdi.

SHu sababli, Povetkin uchun hozirda eng yaxshi qaror - bu faoliyatini tugatish. U hamma narsani  isbotlab bo'lgan va faqat eng yaxshilarga yutqazgan. Rossiyada yaqinda Aleksandrdan o'tib ketadigan bokschi paydo bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.

Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing