28 may 08:55
Yangiliklar
Birinchi o'yinda 0:3 hisobida yutqazgan "Boxum" Bundesligada jon saqlab qolishni uddaladi!
Ikkita o'yindan iborat bo'lgan bahsda "Boxum" o'z uyida yirik 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Ular javob uchrashuvida muvozanatni tiklay olishdi va penaltilar seriyasida zafar quchishdi. Bundesliga 2`dan oliy divizionga o'tishga uringan "Fortuna" endi kelasi yil bu ishni amalga oshirishga urinib ko'radi.
SHunday qilib, "Kyoln" hamda "Darmshtadt" klublari Ligani tark etdi. Kelasi mavsum ularning o'rnini "Sankt Pauli" hamda "Xolshteyn Kil" jamoalari to'ldiradi.
Fortuna – Boxum 0:3 (penaltilar seriyasi 5:6)
"Merkur SHpil-Arena" stadioni
Gollar: 0:1 – 18 Xofmann, 0:2 – 66 Xofmann, 0:3 – 70, penalti SHteger.
Fortuna – Kastenmayer, Cimmermann, de Veys (Xoffmann, 97), Oberdorf, Klaus (Nemec, 75), Zobottka (Utino, 83), Tanaka (Youxannesson, 75), Engelxardt, Iyoa, Vermey (Daferner, 83), Colis.
Boxum – Lyute, Passlak (Asano, 58), Ordec, SHlotterbek, Ermann (Loosli, 58), Vittek, Losilla (Mashovich, 99), SHteger, Bero, Dashner (Osterxage, 82), Xofmann (Pasiensiya, 90).
Ogohlantirishlar: Xofmann (5), Ermann (8), Vittek (39), Engelxardt (103), Mashovich (106).
Fikrlar