06 dek 08:06
Yangiliklar
Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova Anje turnirining 1/2 finalida!
Musobaqada 24 yoshli asli rossiyalik raketka ustasi, shu oy boshidan O'zbekiston sharafini himoya qilayogan Kamilla Rahimova ham muvaffaqiyatli odimlayapti. U 1/4 finalda germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga chiqdi. WTA reytingida 225-pog'onada borayotgan Mona nimchorak finalda dunyoning 90-raketkasi, xitoylik Jang SHuayni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Kamilla Rahimova 99 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida Mona Bartelni 6/3, 7/6(3) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bartel 8, Rahimova 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Mona o'z geymlaridagi to'pni o'yinga kiritishda 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Kamilla bu borada bexato harakat qildi.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 112-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar