14 mar 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Birozdan so'ng 19 nafar bokschimiz Osiyo chempionatining oltin medali uchun ringga chiqadi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Kecha musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasidagi final bellashuvlari bo'lib o'tgandi. Bugun esa yoshlar o'rtasidagi chempionlar aniqlanadi.
Qizlarimizdan 9, yigitlarimizdan esa 10 nafar bokschi Osiyo chempionatining oltin medali uchun ringga ko'tariladi. Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar