29 may 17:12
Yangiliklar
Futbol

Birozdan so'ng O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qura tashlanadi
"Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi O'zbekiston Superkubogi uchun bellashuv bugun 19:00 da start oladi.
Uchrashuvdan avval O'zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qura tashlanadi. "Sport" telekanali 17:45dan boshlab Superkubok oldidan jonli efirga chiqishni rejalashtirgan. Soat 18:10dan boshlab kubok uchun quraga navbat beriladi.
Qura jarayoni stadionning o'zida olib boriladi va jonli efirga olib chiqiladi. SHuningdek, qura natijalari katta ekranda namoyish etiladi.
Malumot uchun, kubok 1/8 finaliga 16 jamoa yo'llanma olgan. O'z guruhida ikkinchi bo'lgan jamoalar mazkur bosqichni safarda o'tkazishiga to'g'ri keladi. Guruh peshqadamlari esa o'z maydonida uchrashuv o'tkazadi. Bir guruhda o'zaro kurash olib borgan ikki jamoa 1/8 finalda ham to'qnash kelishi mumkin.
Havola :
O’xshash yangiliklar
22:35
U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston finalda 9 kishi bo'lib qoldi va yakunda chempionlikni qo'lga kiritdi 0
Fikrlar