27 noy 15:35
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bishkek turnirida ikkinchi oltin medal qo'lga kiritildi
Bishkek shahrida qirg'izistonlik Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliev sovrini uchun o'tkazilayotgan XXXVI xalqaro turnirning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi azosi muvaffaqiyatga erishdi.
Erkaklar o'rtasida -81 kilogramm vazn toifasida bahslarda qatnashgan Samarqand viloyati og'ir atletika sport maktabi tarbiyalanuvchisi Hikmatillo Haydarov dast ko'tarishda 145 kilo, siltab ko'tarishda 172 kilo toshni bo'ysundirgan holda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallari qozog'istonlik va qirg'izistonlik sportchilarga nasib etdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur xalqaro turnirning ilk kungi bahslarida terma jamoamiz azosi Diyorbek Odilov -61 kilogramm vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : uza.uza
Fikrlar